“Jizzax”maxsus industrial zonasida investitsiya va tashqi savdo vazirligi mutasaddilari hamda masʼul tashkilotlar hamkorligida viloyatidagi yangi avtomobil zavodini tashkil etish boʻyicha investorlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda  «UzTest» markazi, Jizzax filiali mutasaddilari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda ishtirokchilariga Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi “Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamenti hamda sohaga oid boshqa masalalar boʻyicha tushunchalar berildi.