Joriy yilning 12 sentyabr kuni “Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining standartlashtirish va metrologiya sohasini xalqaro amaliyotga muvofiq salohiyatini kuchaytirish” grant loyihasini amalga oshirish  doirasida Latviya Standartlar instituti ekspertlari K.Milaseviks (K.Milasevics), I. Pilmanis (I.Pilmanis), S.Vitolina (S.Vitolina)  bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur grant loyiha Oʻzbekiston Respublikasining Latviyadagi elchixonasi koʻmagida amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda loyiha doirasida standartlashtirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik asosida amalga oshiriladigan ishlar, soha boʻyicha mutaxassislarni

qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Agentlik va uning tizimida xodimlar, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari uyushmasiga aʼzo korxonalar, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini muvofiqligini baholash idoralari uchun  oʻquv seminari tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi.

Shu maqsadda joriy yilning 14 sentyabr kuni Agentlik va uning tizimida xodimlar, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari uyushmasiga
aʼzo korxonalar, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini muvofiqligini baholash idoralari uchun  oʻquv seminari tashkil etishga kelishildi.

   “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi  laboratoriyalar texnik bazasi bilan yaqindan tanishtirildi.

Markazda yaratilgan infratuzilma, laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va meʼyoriy talablarga mosligi Latviya Standartlar instituti ekspertlari tomonidan tomonidan eʼtirof etildi.

Latviyalik ekspertlar tomonidan bugungi kunda Oʻzbekiston hududlarida zamonaviy laboratoriya infratuzilmalarini tashkil etilsalar ekan, kadrlar masalasi, ularning malakasi katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Tadbir yakuniga koʻra, soha yoʻnalishlarda ikki tomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni  faollashtirishga kelishildi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi