Oʻzbekiston standartlar institutida “Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining standartlashtirish va metrologiya sohasini xalqaro amaliyotga muvofiq salohiyatini kuchaytirish” grant loyihasini amalga oshirish doirasida Latviya Standartlar instituti ekspertlari K.Milaseviks, I. Pilmanis, S.Vitolina ishtirokida oʻquv-seminari tashkil etildi.

Tadbirda Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlari, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari uyushmasiga aʼzo korxonalari, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini muvofiqligini baholash idoralari, davlat va xususiy sektor mutaxassislari ishtirok etdi.

Oʻquv seminarda Yevropa Ittifoqida qoʻllaniladigan standartlar, standartlarni qabul qilish va joriy etish mexanizmlari, texnik qoʻmitalar faoliyati, tekstil va boshqa turdagi mahsulotlarga qoʻyilgan talablar, SE markirovkasi toʻgʻrisida batafsil tushuntirishlar berildi.

Oʻquv-seminar ishtirokchilar tomonidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan kerakli javoblarni olishdi.

Tadbir yakuniga koʻra, soha yoʻnalishlarda ikki tomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtirishga kelishildi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi