Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda  Latviya standartlar instituti rahbari K.Milaseviks, ekspertlar I.Pilmanis, S.Vitolina va Latviya Metrologiya instituti rahbari L.Marina, ekspertlar I. Fildmen va R.Zaxarovs bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda loyiha doirasida ikki tomonlama hamkorlik asosida standartlashtirish, va metrologiya sohasida amalga oshirilgan ishlar,
kun tartibidagi masalalar, ikki mamlakat oʻrtasida soha yoʻnalishlarida oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha navbatdagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar  muhokama qilindi.

Tadbir yakuniga koʻra, soha yoʻnalishlarda ikki tomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni  faollashtirishga kelishildi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi