Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Farona viloyati hududiy boʻlinmalari va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasi viloyat  boʻlimi va boshqa masʼullar hamkorligida jurnalistlar uchun “Isteʼmolchilar murojatlarida qaysi sohalar boʻyicha muammolar koʻproq koʻtarilmoqda” mavzusida press tur tashkil etildi.

Tadbirda Agentlikning hududiy filial masʼullari Davlat nazorati departamentining Farona boʻlimi, metrolgiya, mahsulotlarni sertifikatlashtirish borasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida  maʼlumot berdilar.

Jurnalistlar filiallardagi mavjud sinov va metrologiya laboratoriyalari faoliyati bilan tanishib, yuridik va jismoniy shaxslarning maishiy va ulgurji ichimlik va issiq suv hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdilar.  Shu joyni oʻzida mehmonlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Shuningdek,tadbirkorlarga yaqindan yordam berish maqsadida, logistika xizmatlarini koʻrsatish uchun filialga sotib olingan maxsus  avtomashina haqida maʼlumot berildi. Bundan tashqari bosim, harorat va massa oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalari faoliyati boʻyicha ham mutaxassislar  mexmonlarga maʼlumot berdilar.

Mehmonlar “Oʻz test” markazi, viloyat boʻlimi oziq-ovqat sinov laboratoriyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, mahsulotlarni sertifikatlashtirish bilan boliq jarayonlar haqida toʻliq maʼlumot berdi.Sinov jarayonlari yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Tadbir yakunida, mehmonlar bilan xodimlar oʻrtasida davra suhbati uyushtirildi. Ikki taraf tomonidan berilgan savollarga toʻlaqonli javoblar berildi. Bundan keyin ham shunday tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish boʻyicha kelishib olindi.