Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Buxoro hududiy muassasalari Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlikda nazariy va amaliy bilimlar natijadorligini oshirishga eʼtibor qaratilmoqda.

Bunda metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifat menejmenti yoʻnalishlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi quv jarayonining sifatini oshirish, fanlar va oʻquv dasturlarini takomillashtirish, tajriba almashinish hamda tomonlarning mutaxassis kadrlari va professor-oʻqituvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun Memorandum imzolangan edi.

Unga koʻra, talabalarning bilim koʻnikmalarini oshirish, taʼlimni ishlab chiqarish bilan uzviyligini taʼminlash, maqsadida, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro filialida institutining “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi tashkil etilib, reja-jadval asosida talabalarning amaliyot darslarini olib borish yoʻlga qoʻyildi.

Bugungi kunda kafedraning kunduzgi va sirtqi boʻlim talabalariga filial laboratoriyalarida yaratilgan sharoitlar boʻyicha toʻliq maʼlumot berildi va malakali mutaxassislar tomonidan amaliyot darslari olib borilmoqda.