Bojxona brokerlar uyushmasi va Davlat Bojxona qoʻmitasi hamda masʼul vazirlik va idoralarning mutaxassislari ishtirokidagi davra suhbatida bojxona qonunchiligiga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar hamda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga yaratilgan qulaylik va yangiliklar, shuningdek, ishlab chiqilgan yangi elektron dasturlar toʻgʻrisida taqdimotlar oʻtkazildi.

Mazkur davra suhbatida, texnik jihatdan tartibga solish agentligining masʼullari tomonidan muvofiqlikni baholash sohasidagi oʻzgarishlar hamda imtiyozlari toʻgʻrisida ishtirokchilarga tushuncha berildi.

Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan muvofiqlikni baholash sohasida vujudga kelayotgan noaniqliklar yuzasidan berilgan savollarga masʼul mutaxassislar tomonidan javob berildi.