Agentlik tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi asosida tizim-tashkilotlari xodimlari uchun “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” standarti bo‘yicha o‘quv seminar treningi o‘tkazildi.

Unda Latviya milliy metrologiya markazi, Metrologiya buyurosi boshlig‘i va sifat bo‘yicha menejeri L.Marina hamda metrologiya buyurosi boshlig‘i o‘rinbosari va texnik menejeri M.Bambitis ekspertlari yangidan tashkil etilgan “metrologiya laboratoriyalari” va “oziq ovqat mahsulotlarini sinash laboratoriyasi” faoliyati bilan tanishdilar.

Tadbirda xalqaro ekspertlar tomonidan laboratoriyalarda ishlovchi xodimlar malakasini yanada oshirish, ularning zamonaviy sinov usullarini to‘liq o‘rganishlari uchun Latviya milliy metrologiya markazi va rivojlangan Yevropa davlatlarida faoliyat olib borayotgan shu turdagi laboratoriyalarda malaka oshirib kelishlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflar bildirildi.

Shuningdek mehmonlar Buxoroning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar.