Agentlik tizimidagi Davlat nazorati Departamenti Qoraqalpogʻiston hududiy boʻlimi, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Qoraqalpogʻiston filiallari tomonidan 14-yanvar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 31 yillik Bayrami munosabati bilan “Martlar qoʻriqlaydi Vatanni” deb nomlangan maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirga Mudofaa Vazirligi Shimoliy Gʻarbiy Okrugining bir guruh harbiylari taklif qilindi. Harbiylar oʻz chiqishlarida mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning mudofaa qudratini yuksaltirish, jamiyatimizdagi tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlikni asrash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida Qurolli Kuchlarni harbiy xizmatchilari tomonidan ulkan ishlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidlandi. Mustaqillik yillarida Qurolli Kuchlarimizni modernizatsiya qilish, uning harbiy-texnik va jangovar salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarning jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini oshirish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, yoshlarni vatanparvar, mard va jasur etib voyaga yetkazish boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirilayotganini aytib oʻtildi. Tadbir soʻngida filial rahbarlari tomonidan harbiylarimizga va tadbir qatnashchilariga tashakkurlik bildirilib, Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda Qurolli Kuchlarimiz tomonidan amalga oshirilgan islohotlar yuksak samaralar berayotgani, bugungi kunda harbiy xizmat nafaqat burch, balki shon-sharaf ishiga, xalqimiz osoyishtaligi kafolatiga aylanganini taʼkidladilar.