Agentlik tizim tashkilotlarining Navoiy viloyati hududiy bo‘linmalari hamkorligida buyuk mutafakir shoir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda Karmana tuman axborot kutubxona markazi xodimlari bilan “Alisher Navoiy ijodining milliy ma’naviyatimiz va jahon adabiyotidagi o‘rni” mavzusidagi uchrashuv jarayonida shoirning g‘azallari, ruboiylaridan namunalar o‘qildi.

 Navoiy shahri markazida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘ida ham bir qator ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda. Ushbu tadbirda hududiy filial mas’ullari ishtirok etmoqdalar.