Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi hamkorligida Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan “IFFCO Beauty” bosh ijrochi direktori Serxad Kemal Kelimchi,  ishlab chiqarish bo‘yicha direktor Satish Kumar,  kompaniyaning O‘zbekistondagi vakili Omer Basoglu, “IFFCO Culinary” bosh ijrochi direktori Andrey Dribniy  bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartib Состоялась встреча с представителями торгово-производственной сети «IFFCO», расположенной в Объединенных Арабских Эмиратах. lari, mamlakatimizda standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash sohasida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan fikr almashildi.

“IFFCO” savdo va ishlab chiqarish tarmog‘ining xorijiy davlatlariga mahsulotlarni olish kirishdagi muvofiqlikni baholash bo‘yicha halqaro tajribasi o‘rtoqlashildi.  

“IFFCO” savdo va ishlab chiqarish tarmog‘i vakillari maxsulotlar sinovi olib boriladigan laboratoriya faoliyati bilan tanishdi.

 

Yaratilgan infratuzilma, laboratoriyalardagi shart-sharoitlar xalqaro standartlar va meʼyoriy talablarga mosligi “IFFCO” savdo va ishlab chiqarish tarmog‘i ekspertlari tomonidan eʼtirof etildi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, soha yo‘nalishiga oid masalalarda tajriba almashish va o‘zaro  fikr-mulohazalar almashishga kelishildi.

 

O‘zbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi