Joriy yilning 18-20 aprel kunlari poytaxtimizda joylashgan “Radisson” mehmonxonasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Germaniyaning “PTB” Milliy metrologiya instituti tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistondan to‘qimachilik mahsulotlari uchun sifat infratuzilmasini takomillashtirish” mazusidagi xalqaro seminar o‘z ishini boshladi.
Seminarni o‘tkazishdan maqsad, Yevropa bozori talablariga muvofiq, O‘zbekiston to‘qimachilik tarmog‘idagi mahsulotlar sifati bilan bog‘liq asosiy muammolarni aniqlash va sifat infratuzilmasi bo‘yicha taqdim etilayotgan xizmatlarni takomillashtirish borasida salmoqli tavsiyalar berishdan iborat.