Agentlik tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro hududiy filiali va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida imzolangan  hamkorlik doirasida “Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari” fakulteti “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasining Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yo‘nalishi bitiruvchi talabalari yakuniy davlat attestatsiya komissiyasiga  test sinovlarini topshirdilar.

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raisi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro filiali rahbari Ulug‘bek Bozorov mas’ulligida yakuniy imtihonlar jarayoni shaffof tashkil etilib, talaba yoshlar 4 yil davomida olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazib, yakuniy davlat attestatsiyasini muvаffaqiyatli yakunlab, ishlab chiqarish tarmoqlarida faoliyatlarini boshlaydilar.