O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning Xorazm hududiy filiallari mas’ul xodimlari Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan bir qator korxonalarda bo‘lib soha yuzasidan talab va taklif va muammolarni o‘rganishdi.

Umumiy kiymati 2,0 mln dollorlik chet el investitsiyasi ishtirokida tashkil etilgan “Benefruits” MChJ tomonidan innovatsion intensiv ko‘chatlar uchun payvand ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu korxonada IN-VITRO ko‘chatchilik laboratoriyasida yaratilgan ko‘chatlarni mahalliy yer maydonlariga ko‘chirish va ularda ko‘chatlarni mahalliy iqlimga moslashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirilib soha bo‘yicha jumladan xalqaro ISO 9001 va “GLOBAL G.A.P” xalqaro standartlarini joriy etish va sertifikatlashtirish bo‘yicha kerakli tavsiya va takliflar berildi. O‘z o‘rnida sohaga doir qonunchilik targ‘ib qilindi.