O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari Urgut tumanida joylashgan poyafzal mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Euro Style Shoes” MCHJ QK korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Bu yerda soha mutaxassislari korxona vakillari bilan muzokaralar olib borib kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yanada oshirish bo‘yicha tavsilar berishdi.

Korxona vakillariga  VMQ-826-sonli qaroridagi eksportyor korxonalarga berilgan imtiyozlar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.