O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan xo‘jalik ishlarida foydalaniladigan polietilen plyonka mahsulotlarini  ishlab chiqaruvchi “Turon Sam Plast”  korxonasida bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Bu yerda hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, korxona vakillari bilan kelgusida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha sohaga doir imtiyozlar aytib o‘tildi.

Korxona vakillarini qiziqtirgan sohaga doir qonunchilik bo‘yicha savollari ham javobsiz qoldirilmadi.