Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi, Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan Qoʻshrabot tumanidagi “Zarmarmar Stoun” korxonasi vakillari bilan uchrashib, korxonada olib borilayotgan ishlar hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur korxonaning asosiy faoliyati qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishdan iborat. Suhbat jarayonida mutaxassislar korxona masʼullariga xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatlashtirish boʻyicha berilayotgan imtiyozlar toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.

Korxona rahbari tomonidan ishlab chiqarishni yangi turdagi mahsulotlar bilan kengaytirish hamda eksport geografiyasini oshirish maqsadida chet el hamkorlar bilan muzokaralar olib borilayotganligi bildirildi. Shuningdek, korxona bilan kelgusida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.