Jizzax viloyati Arnasoy tumanida joylashgan “Arnasoy texno park” MCHJ, Mirzachoʻl tumanida joylashgan “Mirzachul Agro Prom” MCHJ korxonalari hozirgi kunda Rossiya davlatiga tayyor trikotaj mahsulotlarini eksport qilmoqda. OʻzTTSA “UzTEST” markazi Jizzax filiali xodimlari kuni kecha ushbu korxonalarda boʻlib, sohaga doir masalalar yuzasidan suhbat olib borishdi. Korxona tomonidan olinishi rejalashtirilgan sertifikatlar oʻrganilib, sohaga doir maslahatlar berildi. Soʻnggi qonunchilik yangiliklari boʻyicha maʼlumotlar aytib oʻtildi.