O‘zbekiston texnik jixatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Fransiyaning halqaro “Bureau Veritas” O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida xalqaro doirada tan olingan muvofiqlikni baholash idoralari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. “Bureau Veritas” vakillari mamlakatimizda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlash sohalarida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani xalqaro andozalarga moslashtirish, halkaro standartlardan keng foydalanish muhitini yaratish, muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy uslublarni joriy qilish bo‘yicha fikr va mulohazalarini bildirdi. “Bureau Veritas” O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari Agentlikda I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti bilan hamkorlikda yangi tashkil etilgan “O‘quv va amaliyot” xonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur xona soha yo‘nalishi uchun yetuk kadrlar tayyorlashga yordam berishiga umid bildirdilar. Shuningdek, uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning muhokama qilingan yo‘nalishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdirib, ikkitomonlama ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirishga qaratilgan memorandum loyihasi imzolash masalalari ham kelishib olindi.