O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi hamkorligida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

Akmal Jumanazarov, Savdo sanoat palatasi raisi Davron Vahabov Turkiya poytaxti Anqara shahrida Turk standartlari instituti prezidenti Mahmut Shaxin Sami bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2023 yilning 25-26 dekabr kunlari Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha xukumatlararo komissiyasining yettinchi yig‘ilishi hamda Biznes-forumidagi erishilgan kelishuvlar ijrosiga alohida urg‘u berildi.

Mahalliy tadbirkorlarga halqaro standartlarni qabul qilish va yetkazish hamda sertifikatlar rasmiylashtirish orqali eksportga ko‘maklashish yo‘nalishlari, muvofiqlikni baholash natijalarini o‘zaro tan olish masalalari muhokama qilindi.

To‘qimachilik va charm-poyabzal sohasidagi mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladigan standartlarni birxillashtirish, mavjud akkreditlangan laboratoriyalar, import talablari bo‘yicha ma’lumot almashish bo‘yicha ishlarni boshlash taklifi berildi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra 2024-2025 yillarda standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasini rivojlantirishga qaratilgan Qo‘shma hamkorlik dasturi imzolandi.

“O‘zbek-Turk Test Markazi” tarkibidagi laboratoriyani modernizatsiya qilish, soha yo‘nalishlarida malakali mutaxassislar tayyorlash, texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, o‘quv-seminarlar tashkil etishga kelishildi.

Shu bilan birga akkreditatsiya sohasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha Turkiya halol akkreditatsiya agentligi (HAK) bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvlar natijasiga ko‘ra O‘zbekiston Akkreditatsiya markazi

va Turkiya halol akkreditatsiya agentligi o‘rtasida halol akkreditatsiya va muvofiqlikni baholash sohasida texnikaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik dasturi imzolandi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Halqaro hamkorlik va integratsiya boshqarmasi