Sifatli tibbiy xizmat

Farg‘ona viloyati Beshariq tumani tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi 500 qatnovga mo‘ljallangan. 

Shifo maskani 2016-yilda kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi. Aniq tashxis qo‘yish, davolash, laboratoriya tahlillari o‘tkazish, kasalliklarga qarshi emlash tadbirlari uchun barcha sharoit yaratildi. Malakali shifokor va hamshiralar tomonidan ko‘rsatilayotgan sifatli tibbiy xizmatdan aholi mamnun.

Manba: O'zA