Matbuot, axborot-tahlil va ijro nazorati kotibiyati boshlig‘i – rahbar matbuot kotibi
Rasulov Raufjon Gafurovich
Telefon: (0-371) 202-0011 (1020).
Manzil: 100049, Toshkent sh., Farobiy ko'chasi, 333 «A»
Qabul kunlari: Dushanba-juma 9:00 dan 18:00 gacha
Elektron pochta: pressinfo@standart.uz
Vazifalari va funktsiyalari:
OAV bilan hamkorlikda matbuot anjumani tashkil etish, press reliz tayyorlash, OAVni agentlik faoliyatini yoritishga jalb qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
Ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar tayyorlaydi va tarqatadi;
Agentlik faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlash hamda milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qilish, tele va radio-eshittirishlar, davra suhbatlari, uchrashuv va press-turlarni tashkil etish, standartlashtirish sohasidagi ishlarni yoritib boradi;
Agentlik rahbarlari va xodimlari ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konferentsiyalar, brifinglar va boshqa informatsion-tahliliy ko‘rinishdagi tadbir hamda uchrashuvlarni uyushtiradi;
Bosh direktorga axborot berish uchun e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi;
Agentlik faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
OAV, bosma nashrlar hamda nashriyot uylari bilan ishlash yuzasidan shartnoma va boshqa hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi;
Internet tarmog‘ida Agentlikning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarni zamonaviy darajada yuritadi va ularni aktualligini ta’minlaydi.