Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



 yuklab olish uchun havola: (pdf, 120 KB)

 

TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH AGENTLIGI VA TIZIM TASHKILOTLARINING ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
MA’LUMOT
2021 yil 1
2 oy (yanvar-dekabr)

STANDARTLASHTIRISH SOHASIDA

Xalqaro talablar bilan uyg‘unlashgan 7763 ta standartlar qabul qilinib,
7 968 tasi qayta ko‘rib chiqildi. Natijada standartlar soni 19543 taga yetkazildi (80,4 %). Ma’lumot uchun: qurilish sohasida (2264 ta), metallurgiya (833 ta), to‘qimachilik va charm (638 ta), axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya(1124 ta), neft va gaz (1354 ta), elektrotexnika (1467 ta), kimyo texnologiyalari (1254 ta), oziq-ovqat sanoati (1643 ta) va boshqa sohalarda (6852 ta) standartlar xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan.

STANDARTLAR VA O‘LCHOVLAR YAGONA BIRLIKDA BO‘LISHINI TA’MINLASH BO‘YICHA DAVLAT NAZORATI SOHASIDA

Joriy yilning yanvar-dekabr holatiga 13770 ta korxonada profilaktika tadbirlari o‘tkazildi. Natijada, 5021 ta korxona 12587 ta me’yoriy hujjat bilan ta’minlandi. 983 ta korxonaning 6547 ta o‘lchash vositalari davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilishida hamda 530 ta korxonaga sertifikatlashtirish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Profilaktika tadbirlari davomida o‘rganilgan korxonalarning rahbarlari va mutaxassislari sohaga oid barcha qonun va qarorlar bilan tanishtirildi.

O‘LCHASHLAR YAGONALIGINI TA’MINLASH SOHASIDA

Joriy yil yanvar-dekbar holatiga 610 703 dona o‘lchash vositalari (shulardan 8 061 dona o‘lchash vositasi yaroqsiz deb topilgan) metrologik tekshiruvdan o‘tkazildi.

Ko‘rsatilgan metrologik xizmatlardan 565 376 dona qiyoslash, 25 969 dona attestatsiya va 11 297 dona kalibrlash ishlarini tashkil etadi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning 231 419 ta murojaatlariga asosan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) qiyoslash ishlari amalga oshirildi.

O’lchash vositalarining metrologik tekshiruvi natijalari va tasdiqlangan turini tan olish bo‘yicha 96 dona sertifikatlari rasmiylashtirildi.

Shuningdek, turini tasdiqlash maqsadida 27 turdagi o‘lchash vositalari davlat sinovlaridan o‘tkazildi.

MUVOFIQLIKNI BAXOLASH SOHASIDA

O’zbekiston Respublikasining Milliy sertifikatlashtirish tizimida joriy yilning yanvar-dekabr holatiga 157 073 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi, shundan, 1 120 ta muvofiqlik sertifikati 1 kalendar yiliga shartnoma asosida rasmiylashtirildi, seriyali ishlab chiqarishga 9 443 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkiloti “UzTest” DM tomonidan 34 538 ta muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirildi, shundan 341 ta muvofiqlik sertifikati 1 kalendar yiliga shartnoma asosida rasmiylashtirildi, 4 527 ta tadbirkorlik sub’ektlariga seriyali ishlab chiqarishga sertifikatlar rasmiylashtirib berildi.

MENEJMENT TIZIMLARINI JORIY ETISH SOHASIDA

Joriy yil yanvar-noyabr holatiga 813 ta korxonada 1014 ta sifat menejment tizimlari  bo‘yicha sertifikatlar rasmiylashtirilgan, shundan:

375 ta korxona sifat menejment tizimlari (ISO 9001);

149 ta korxona ekologik menejment tizimlari bo‘yicha (ISO 14001);

42 ta korxona oziq-ovqat havfsizligi menejment tizimlari (ISO 22000);

28 ta korxona energetik menejment tizimlari (ISO 50001);

103 ta korxona kasb-hunar, sog‘liqni saqlash va xavfsizlik menejment
(ISO 45001) va boshqa 317 ta menejment tizimlari bo‘yicha sertifikatlashtirildi.

Sifat menejment tizimlari bo‘yicha sertifikatlashtirish 17 ta akkreditlangan organlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, 45 ta fermer xo‘jaliklarida 7785  gektar maydonda xalqaro “Global G.A.P.” hamda “Organic” standartlari joriy qilinib, sertifikatlashtirilgan yer maydonlari 11 966 gektarga yetkazildi.

Shuningdek, yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 52 ta korxonada “Oeko-tex” xalqaro standart talablari asosida mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

KADRLARNI TAYYORLASH SOHASIDA

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2015 yil 28 avgustdagi 472-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlarida kadrlar zahirasini shakllantirish to‘g‘risida”gi Nizomga asosan markaziy apparat va tizim tashkilotlarining har bir boshqaruv tarkibidagi lavozimlariga kadrlar zaxirasi malakali mutaxassis kadrlar hisobidan dastlabki kadrlar zahirasi shakllantirildi.

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlarida bakalavr va magistr darajasiga ega kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotlar http://quota.idm.uz/ dasturiga kiritildi.

 “Yagona milliy mehnat tizimi” (“YaMMT” IDAK) idoralararo dasturiy apparat kompleksiga agentlik xodimlarini mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlar kiritildi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga “Davlat xizmatchisi testi” dasturini takomillashtirish maqsadida sohaga oid 200 ta test savollari o‘zbek va rus tillarida elektron shaklda belgilangan yo‘riqnomaga asosan yuborilishi ta’minlandi.

“Yangi O’zbekiston–yangi Renessans sari” shiori ostida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi o‘z bilimi, salohiyati, tashabbuskorligi, innovatsion g‘oyalari bilan mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan iqtidorli yoshlar bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Yoshlar bilan ishlash komissiyasi, Yoshlar Parlamenti a’zolari va Yoshlar ishlari Agentligi vakillarining motivatsion uchrashuvini o‘tkazilishi tashkillashtirildi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 3 kurs talabalari hamda Toshkent davlat texnika universiteti 1, 2, 3, 4-bosqich talabalari va Toshkent kimyo texnologiya instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Qishloq Xo‘jaligi vazirligi Toshkent Davlat Agrar universiteti huzuridagi Zangiota Agrotexnologiyalar texnikumi, Toshkent Davlat agrar universiteti, Toshkent Davlat transport universitetlarining 656 nafar talabalari agentlik va uning tizim tashkilotlarida malakaviy amaliyot o‘tkazishlarida amaliy yordam ko‘rsatildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O’zbekiston-2030” Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan davlat boshqaruvi organlari xodimlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini va malakalarini oshirish maqsadida, Agentlikning 45 nafar xodimlari “Raqamli texnologiya va dasturiy mahsulotlardan samarali foydalanish” onlayn malaka oshirish o‘quv kurslarida ishtirok etilib, sertifikatlar olindi.

Agentlik huzuridagi Standartlar institutida 3538 nafar xodimlari malaka oshirish kurslarida o‘qidilar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi
2021 yil 24 maydagi PF-6234-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan Agentlik va tizim tashkilotlari hamda hududiy filiallar rahbar va mutaxassislari taqdirlandilar.

XALQARO HAMKORLIK SOHASIDA

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va Xalqaro savdo markazi (ITC) tomonidan amalga oshirilayotgan “O’zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida ISO standartlari (17065, 17025, 9001, 14001, 45001, 50001) bo‘yicha 220 ta;

Rossiya texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi (Rosstandart), Belarus Davlat standartlashtirishqo‘mitasi (Gosstandart), Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC) bilan xamkorlik doirasida 50 ta;

Yevropa Komissiyasining Texnik yordam va axborot almashuvi (TAIEX) vositasi ko‘magi doirasida 20 ta;

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va Xalqaro savdo markazi (ITC) tomonidan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyo savdoga tayyor”
(Ready 4 Trade Central Asia) loyihasi doirasida 10 ta;

Hilfswerk International (Avstriya) ko‘magidagi “O’rta Osiyoda agrobiznes va savdoni soddalashtirishda kichik va o‘rta korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish uchun mintaqaviy integratsiya va salohiyatni oshirish” (CANDY V)loyixasi doirasida 10 ta;

Micro solutions LLP (Qozog‘iston) xamkorligi doirasida 30 ta;

Ja’mi davlat va xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan 320 ta mutaxassis bilim va malakasi oshirildi.

Ma’lumot uchun, tadbirlarga xorijiy ekspertlar Aleks Yezraxovich (Avstraliya) Morin Logge (Belgiya), Speranta Stomff va Andreya Yorga (Ruminiya), Daniela Milanova Gorcheva (Bolgariya), Butыrev Yuriy Ivanovich (Rossiya), Aronov Iosif Zinovevich (Rossiya), Emre Kirichioglu (Turkiya), Dalidovich Natalya Vladimirovna (Belarus), Rashit Gallyamov (Qozog‘iston) jalb etildi.

16 ta milliy texnik qo‘mita xalqaro hamda xorijiy texnik qo‘mitalar a’zoligiga ega bo‘ldi.

Korxonabay ishlash tizimi bo‘yicha viloyatlardagi ishlab chiqarish korxonalarida texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, “CE” markirovkasi, shuningdek mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish, eksportda ko‘maklashish maqsadida “SAM NUR TAFVIZ” QK MCHJ, “Grand Tehnolog” QK MCHJ”, “O'z Kodji” QK MMChJ, “VISTA ELECTRONICS GROUP” MCHJ, “TRINITY TECHNOLOGY” MCHJ, “FOOD MAXX” MCHJ korxonalarida uchrashuvlar va o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.

23 ta korxonada Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida talab etiladigan “CE” markirovkasi olinishi ta’minlandi.

Ma’lumot uchun: “Quality Device” MCHJ, “Sayidbek Muhayyo Savdo” XK, “Soft Care Hygiene” MCHJ QK, “Texuskunasavdo” MCHJ, “Medprotechnology” XK, “JNS Labs Llc” QK, “Climat Solutions” MCHJ, “Car Wash Service” MCHJ, JE LLC “Next Ceneration Produkt”, “Cotton Textil” LTD, “Kontekc Tashkent” MCHJ, “Big Prom Service” MCHJ, “Fazo Lux” MCHJ, “Istiklol” MCHJ, “Mega Invest” MCHJ QK, “Vista Electronics Group” MCHJ QK, “Techno Cable Group” MCHJ QK, “Trinity Technology” MCHJ QK, “Kubro Tekstil Sanoat” MCHJ, “Pure Max Trade” MCHJ, “Child toys corporation” MCHJ, Grand-texnolog MCHJ, “Sam Nur Tavfiz” MCHJ.

Ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida:

Pokiston Standartlar va sifatni nazorat qilish idorasi bilan mahsulotlar muvofiqligini baholash, standartlashtirish, metrologiya va texnik yordam sohalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha Bitim;

Hindiston standartlar byurosi (BIS) bilan mahsulotlar muvofiqligini baholash natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida Bitim;

Saudiya Arabistoni Qirolligining Standartlar, Metrologiya va Sifat tashkiloti (SASO) bilan Texnik hamkorlik dasturi;

O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya va metrologiya sohalarida hamkorlik to‘g‘risida Bitim;

Belarus Davlat standartlashtirishqo‘mitasi bilan Hamkorlik dasturi;

Yevropa Elektrtexnika Standartlashtirish Qo‘mitasi (CENELEC) bilan litsenziya kelishuvi imzolandi.

Hindiston, Pokiston, Saudiya Arabistoni Qirolligida import talablari o‘rganildi va tadbirkorlarga yetkazildi.

Xalqaro xamkorlik doirasida AQShnning ASTM International tashkilotidan neft-gaz sohasiga oid 41 ta, Yevropa Elektrtexnika Standartlashtirish Qo‘mitasi  (CENELEC) dan elektrtexnikaga oid 200 ta, Yevropa Standartlashtirish tashkilotidan 198 ta standart olindi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlar xukumat raxbarlarining 2020 yil 29 maydagi “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasida erishgan yutuqlari uchun MDH mukofoti tanlovi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi Qarori va Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish kengashi (MGS)ning 57-yig‘ilishi Bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida ilk bor O’zbekistonning 2 ta korxonasi “Indorama Kokand Textiles” (Farg‘ona viloyati) va “AGROMIR” (Samarqand viloyati) tanlovda ishtirok etdi. Tanlovda O’zbekiston korxonalari bilan birga Rossiya Federatsiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston korxonalari ishtirok etishdi va Tanlov komissiyasining tavsiyasiga muvofiq mamlakatimiz korxonalari (100 % natija) final bosqichiga yo‘l oldi.

MAHSULOTLARNI EKSPORT QILISHGA KO‘MAKLASHISH SOHASIDA

“Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” tomonidan joriy yilning 12 oyi mobaynida korxonalarga 1781 ta, shundan standartlashtirish – 799 ta, metrologiya – 104 ta, sertifikatlashtirish – 388 ta, qadoqlash va yorliqlash – 42 ta, sifat menejment tizimlari masalalari – 284 ta va boshqa masalalarda – 164 ta konsultativ xizmatlar ko‘rsatildi.

 127 marotaba seminar-treninglar, 82 ta televideniyada chiqishlar, gazeta va jurnallarda 97 ta maqolalar chop etildi.  

Shu bilan bir qatorda, hududlarda joylashgan 112 ta tumandagi 774 ta korxonalarning 95 turdagi mahsulotlarini dunyoning 37 ta mamlakatlariga eksport qilinishida  amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2-iyundagi O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-5133-son Qarori hamda ushbu sanadagi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi PQ-6240-son Farmonda berilgan imtiyozlar va o‘zgarishlar haqida hududlardagi 1645 ta korxonada tushuntirish ishlari olib borildi.

Respublikamizning mahalliy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarida milliy va halqaro standartlar joriy etilganidan keyingi iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi - 146 ta, Andijon - 184 ta, Buxoro – 202 ta, Jizzax – 128 ta; Navoiy – 139 ta, Namangan -194 ta, Qashqadaryo – 137 ta, Samarkand – 338 ta, Surxandaryo – 151 ta, Sirdaryo – 163 ta, Xorazm – 205 ta, Farg‘ona -223 ta, Toshkent viloyati - 282 va Toshkent shahridagi – 372 ta korxonalarda,  jami -  2882 ta, shundan 712 ta korxonalarda elektron tarzda,  2170 ta korxonalarda bevosita suhbat o‘tkazildi.

So‘rovnoma natijalarining respublika tarmoqlari bo‘yicha tahlili o‘tkazilganda:

To‘qimachilik va yengil sanoat sohasida – 797 ta;

Elektrotexnika sohasida – 100 ta;

Kimyo sohasi – 165 ta ;

Metallurgiya va mashinasozlik – 127 ta;

Oziq ovqat sohasida  - 945 ta;

Qurilish sohasida – 390 ta ;

Xizmat ko‘rsatish sohasida – 226 ta;

Boshqa sohalar kesimida  - 132 ta faoliyat yurituvchi korxonalarda so‘rovnomalar o‘tkazilgan.

Korxonalardagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra:

22 % korxonalarda - ishlab chiqarish xajmi ortgan;

18 % korxonada- eksport geografiyasi kengaygan;

8 % korxonada - ishlab chiqarish xarajatlari kamaygan;

26 % korxonada - mahsulot sifati yaxshilangan;

22 % korxonada - mexnat unumdorligi ortgan;

4 % korxonada xorijiy xamkor talabi bajarilganligiga erishilgan.