Regional hamkorlik–MGS Ilmiy-texnik komissiyalari va Ishchi guruhlarining yig‘ilishi
2016 yil 23 maydan 27 maygacha Minsk shahrida (Belarus Respublikasi)Belarus Respublikasining Standartlashtirish davlat qo‘mitasining Belarus davlat metrologiya instituti bazasida metrologiya bo‘yicha Ilmiy-texnik komissiyaning 43-chi yig‘ilishi, nazariy metrologiya bo‘yicha Ishchi guruhning 16-chi yig‘ilishi hamda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashning (MGS) sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘lchashlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Ishchi guruhning 2-chi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gaz ballonlarni qo‘rilmasini sinash bo‘yicha yangi sinov laboratoriyalari akkreditatsiya qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qorori bilan tasdiqlangan «Siqilgan tabiy gazda, suyultirgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi umumiy texnik reglamentda belgilangan sinov usullarini bajarish bo‘yicha «ALJ-Samarqand» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «AVTO STANDART ETALON» mas’uliyati cheklangan jamiyati sinov laboratoriyalari o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiya qilindi.
Sarf va bosim o‘lchashlardagi yangiliklar
“O‘zstandart” agentligi “Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasining sarf va bosim o‘lchashlar bo‘limining moddiy texnika bazasi yaxshilanmoqda.
O‘lchash imkoniyatlari kengaymoqda.
“O‘zstandart” agentligi “Metrolgiya xizmatlari ko‘rsatish” Davat korxonasining raditexnika kattaliklar va ionlashtiruvchi nurlanishni o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati bo‘limida oxirgi uch oy ichida akkreditatsiya doirasi tibbiyot sohasida va optik tolali aloqa kabelari parametrlarini o‘lchashda ishlatiladigan o‘lchov vositalarini qiyoslash va kalibrlashga kengaytirildi.
Mahsulotlarni sinash usullari
O‘z DSt 20.202:2016 “Mahsulotni sinash tizimi. Putur yetkazmasdan tekshirish. Putur yetkazmasdan tekshirish laboratoriyalariga doir talablar” O‘zbekiston davlat standartining birinchi tahriri ishlab chiqildi va “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Qarori bilan tasdiqlandi.
O‘zbekistonda yadroviy xavfsizlikni ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuning 14-moddasiga muvofiq, radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash sohasidagi foydalaniladigan o‘lchash vositalari metrologik tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
Sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 292-sonli qaroriga muvofiq 2017 yilning 9 yanvaridan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘rt haftalik (152 soat) malaka oshirish kurslari tashkillashtiradi:
O‘lchashlar va yuqori aniqliklar.
Hujjatlar ekspertizasining natijalari asosida Belgiyada ishlab chiqarilgan 11 ballondagi uchta turdagi gaz aralashmasi tarkibining standart namunalari O‘zbekiston Respublikasi O‘lchash vositalari davlat reyestriga O′z DSN 04.2344:2016 ÷ O′z DSN 04.2353:2016. raqamlar ostida kiritildi.
Sirdaryo viloyati tadbirkorlariga yana bir qulaylik
Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazining o‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi bo‘limi O’z Dst ISO/IEC 17025:2007 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga quyiladigan umumiy talablar”iga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2015 yildagi 292-sonli metrologik xizmatlar va muvofiqlikni baholash organlari faoliyatini inspeksiya nazorat qilish va akkreditatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq deb topilib, akkreditatsiya doirasi kengaytirildi. Natijada 9 turdagi yangi qiyoslash usullari o’zlashtirildi.