Uzbek Agency for
Technical Regulation

CITIZENS  APPEALS

Fuqarolarning murojaati


Search

Кенгайтирилган қидирув

Akkreditatlangan metrologiya xizmatlari, laboratoriyalari va markazlari e'tibori uchun!

"O'zstandart" agentligi 2015 yil 1 avgustidan O‘z DSt 8.029:2014 "O'zbekiston Respublikasining o'lchashlar birligini ta'minlash tizimi. O'lchash vositalarini kalibrlash. Asosiy qoidalar" davlat standarti amalga kiritilganligini ma'lum qiladi.

«O‘lchov vositalarini tekshirish va kalibrlash, metrologik attestatsiya qilish, turini tasdiqlash maqsadida sinov natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuv» tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 4 aprelidagi PQ-2514-son bilan, 2015 yil 29 maydagi Burabay (Qozoqiston Respublikasi) shahrida MDH hukumat boshliqlari Kengashi yig‘ilishida imzolangan «O‘lchov vositalarini tekshirish va kalibrlash, metrologik attestatsiya qilish, turini tasdiqlash maqsadida sinov natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuv» tasdiqlandi. Mazkur Qaror 2016 yil 11 aprel kunidan boshlab kuchga kirdi. 

Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish markazining rivoji yo‘lida qilinayotgan ishlar

“O‘zstandart” agentligi “Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasining sinov bazasini rivojlantirish reja-dasturiga muvofiq, Kalibrlovchi laboratoriyalar majmuasiga KNS-10.2 turidagi Svetofiltrlar to‘plami xarid qilindi.

Regional hamkorlik–MGS Ilmiy-texnik komissiyalari va Ishchi guruhlarining yig‘ilishi

2016 yil 23 maydan 27 maygacha Minsk shahrida (Belarus Respublikasi)Belarus Respublikasining Standartlashtirish davlat qo‘mitasining Belarus davlat metrologiya instituti bazasida metrologiya bo‘yicha Ilmiy-texnik komissiyaning 43-chi yig‘ilishi, nazariy metrologiya bo‘yicha Ishchi guruhning 16-chi yig‘ilishi hamda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashning (MGS) sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘lchashlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha Ishchi guruhning 2-chi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Gaz ballonlarni qo‘rilmasini sinash bo‘yicha yangi sinov laboratoriyalari akkreditatsiya qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli qorori bilan tasdiqlangan «Siqilgan tabiy gazda, suyultirgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi umumiy texnik reglamentda belgilangan sinov usullarini bajarish bo‘yicha «ALJ-Samarqand» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «AVTO STANDART ETALON» mas’uliyati cheklangan jamiyati sinov laboratoriyalari o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiya qilindi. 

«ISO/IEC 17043 standarti. Muvofiqlikni baholash. Sinov laboratoriyalari imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish uchun asosiy talablar» mavzusidagi seminar

2016 yilning 13-14 iyun kunlari «O‘zstandart» Agentligining kichik majlislar zalida «ISO/IEC 17043 standarti. Muvofiqlikni baholash. Sinov laboratoriyalar imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish uchun asosiy talablar» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.  

O‘quv seminarlari: Maqsad va istiqboldagi rejalar

Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi korxonalarning mutaxassislari uchun Joriy yilning 13–26 iyun kunlari o‘quv kurslari tashkil etildi.

Qo’qon sinov va sertifikatlashtirish markazi rivoji yo’lida qilinayotgan ishlar

“O’zstandart” agentligi “Qo’qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining sinov bazasini rivojlantirish reja dasturiga muvofiq, Kalibrlash laboratoriyalari majmuasini qo’shimcha ta’minlash maqsadida Fransiyada ishlab chiqarilgan “SATAM” rusumli suyuqlik hisoblagichi xarid qilindi.

“Kalibrlash uslubiyatini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish ishlarini sifatli bajarish” mavzusidagi o‘quv seminar

Joriy yilning 19 avgust kuni “O‘zstandart“ agentligi bosh binosining katta majlislar zalida, “O‘zstandart” agentligining 2016 yil 1-yarim yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan Hay’at yig‘ilishi bayonining 24-bandiga muvofiq, “Kalibrlash uslubiyatini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish ishlarini sifatli bajarish” maqsadida tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda, o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar markazining texnik bazasini yangilash

O‘zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar markazining massabirligi milliy boshlang‘ich etalonining texnik bazasini yangilash maqsadida Shvetsariya davlatining Mettler Toledo firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan tarozi toshlarining zichligini aniqlovchi VMS2 qurilmasi harid qilindi.

Sarf va bosim o‘lchashlardagi yangiliklar

“O‘zstandart” agentligi “Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasining sarf va bosim o‘lchashlar bo‘limining moddiy texnika bazasi yaxshilanmoqda.

O‘lchash imkoniyatlari kengaymoqda.

“O‘zstandart” agentligi “Metrolgiya xizmatlari ko‘rsatish” Davat korxonasining raditexnika kattaliklar va ionlashtiruvchi nurlanishni o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati bo‘limida oxirgi uch oy ichida akkreditatsiya doirasi tibbiyot sohasida va optik tolali aloqa kabelari parametrlarini o‘lchashda ishlatiladigan o‘lchov vositalarini qiyoslash va kalibrlashga kengaytirildi.

Mahsulotlarni sinash usullari

O‘z DSt 20.202:2016 “Mahsulotni sinash tizimi. Putur yetkazmasdan tekshirish. Putur yetkazmasdan tekshirish laboratoriyalariga doir talablar” O‘zbekiston davlat standartining birinchi tahriri ishlab chiqildi va “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Qarori bilan tasdiqlandi. 

O‘zbekistonda yadroviy xavfsizlikni ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuning 14-moddasiga muvofiq, radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash sohasidagi foydalaniladigan o‘lchash vositalari metrologik tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.

Sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 292-sonli qaroriga muvofiq 2017 yilning 9 yanvaridan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘rt haftalik (152 soat) malaka oshirish kurslari tashkillashtiradi:

Metrologiya va metrologik ta’minot nima degani?

"Metrologiya va metrologik ta’minot" – o‘lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy, texnik va normativ-usuliy asoslar sohasi.

“O‘zstandart” agentligi “O’zelektrtarmoq” unitar korxonasini akkreditatsiya qildi

“O’zelektrtarmoq” unitar korxonasining Janubiy-G‘arbiy magistral elektr tarmoqlari unitar korxonasining...

O‘lchashlar va yuqori aniqliklar.

Hujjatlar ekspertizasining natijalari asosida Belgiyada ishlab chiqarilgan 11 ballondagi uchta turdagi gaz aralashmasi tarkibining standart namunalari O‘zbekiston Respublikasi O‘lchash vositalari davlat reyestriga O′z DSN 04.2344:2016 ÷ O′z DSN 04.2353:2016. raqamlar ostida kiritildi.

Sirdaryo viloyati tadbirkorlariga yana bir qulaylik

Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazining o‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi bo‘limi O’z Dst ISO/IEC 17025:2007 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga quyiladigan umumiy talablar”iga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2015 yildagi 292-sonli metrologik xizmatlar va muvofiqlikni baholash organlari faoliyatini inspeksiya nazorat qilish va akkreditatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq deb topilib, akkreditatsiya doirasi kengaytirildi. Natijada 9 turdagi yangi qiyoslash usullari o’zlashtirildi.

Mutloq bosimni o‘lchash vositalarini qiyoslash usullari o‘zlashtirildi

Hozirgi vaqtda “O‘zstandart” agentligi “MXKM” DKda mutloq bosimni o‘lchash vositalarini va barometrlarni qiyoslash usullari o‘zlashtirildi.