Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Yangiliklar



2016 yil 26-27 yanvar kunlari “O‘zstandart” agentligida «Xalqaro elektrotexnika qo‘mitasi faoliyati va ISO/IEC 50001 standartini joriy etishni amalga oshirish tajribasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. 

Mamlakatimiz ta’lim tizimini zamonaviy, jahon talablariga mos ravishda isloh qilish muvaffaqiyatli amalga oshirilib, mamlakatimizda yetuk, har tomonlama malakali mutaxassislar tayyorlashga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2016 yil 4 yanvardagi “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2-sonli buyrug‘i ro‘yxatdan o‘tkazildi (2016 yil 16 yanvardagi 2754-sonli).
 

2015 yilning 19 yanvarida “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida 2015 yil tashkilot faoliyatining natijalari bo‘yicha kengaytirilgan Xay’ati majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis ishida barcha tuzilma bo‘linmalar, hududiy boshqarmalar va “O‘zstandart” agentligiga qarashli tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2016 yil 11 yanvardagi “Shahar yo‘lovchi transporti xizmatlarini sertifikatsiyalash qoidalari, shuningdek, ularga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘risida”gi qarori ro‘yxatdan o‘tkazildi (2016 yil 13 yanvardagi 950-2 – sonli).

 

O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish  to‘g‘risida” gi qonuniga 2013 yil 30 aprelda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llanilishi belgilangan:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
Tashkilotning standartlari;
Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari. 

Sayyor qabul Namanganda!
  • 19.11.2015
  •  
  •  Ko'rishlar: 
  •  11130

Vazirlar Mahkamasining mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish va mahsulotlarni standartashtirish masalalari Kompleksi tarkibidagi idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining 2015 yil 2-yarim yillik uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabul rejasiga asosan, “O‘zstandart” agentligi rahbariyatining mazkur masallar yuzasidan sayyor qabuli davom etmoqda.