Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Yangiliklar



Press-reliz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi tahlili, shuningdek, uni ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar uchun ahamiyati”(Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi misolida).

Qarorning 1-bandiga asosan Xalqaro laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish (ILAC) va xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF) to‘laqonli a’zolari hisoblangan davlatlarning sertifikatlashtirish idoralari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinov bayonnomalari taqdim etilganda, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p miqdorda bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiradigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ixtisoslashgan va qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologik uskunalar va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat xom ashyo, material va buyumlar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilinishi belgilangan.

  • 01.08.2019
  •  Ko'rishlar: 
  •  9956
Press-reliz: Respublikamizda mahsulotlarning sifatini ta’minlashda metrologiyaning o‘rni va vazifasi haqida.

Metrologiya sohasidagi yagona davlat siyosati o‘lchovlarning yagona birliligini ta’minlash tizimi asosida amalga oshiriladi. Ushbu tizim “Metrologiya to‘g‘risidagi”gi qonunning 12-moddasiga asosan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati mexanizmalari asosida ish olib boradi.

  • 01.08.2019
  •  Ko'rishlar: 
  •  10717
Press-reliz: “O‘zstandart” agentligi tomonidan iste’molchilarni sifati kafolatlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash dolzarbligi haqida, hamda bu borada qabul qilinayotgan choralar ahamiyati to‘g‘risida

“O‘zstandart” agentligi tomonidan 2019 yilning 8 aprel kuni Milliy matbuot markazida “Respublikamizda oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligini ta’minlashda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi agentlikning o‘rni” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilgan.
 

  • 01.08.2019
  •  Ko'rishlar: 
  •  5320
Press-reliz: “O‘zstandart” agentligi huzurida tashkil etilgan Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti faoliyati to‘g‘risida

Ma’lumki Respublikamiz Prezidenti o‘zining har bir chiqishida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik subektlari bilan har bir uchrashuvida mamlakatimizni yanada rivojlantirish, xalqimiz hayotini farovon qilishning yagona yo‘li jahon miqyosida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va xalqaro mehnat taqsimotida o‘z o‘rnimizni topa bilishimizda ekanligini takror va takror uqtiradilar. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi ham ushbu vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan. Prezidentimiz va Respublika hukumatining “O‘zstandart” agentligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan qarorlari ham aslida mamlakatimizda jahon standartlariga muvofiq bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlashga yo‘naltirilgan.

  • 01.08.2019
  •  Ko'rishlar: 
  •  4649