2016 yilning 12-13 aprel kunlari Ostona shahrida (Kozog‘iston Respublikasi) “O‘zstandart” agentligi, AK “Uzavtosanoat” va QK “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ vakillaridan iborat ishchi gurux Qozog‘iston Respublikasi texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya Qo‘mitasi rahbariyati va mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida transport vositalarining tipini rasmiylashtirish va tasdiqlash jarayonlari muhokama qilindi. O‘zbekiston vakkilari tomonidan 1992 yil 13 martda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni yuritish bo‘yicha Kelishuv miqyosidaavtotransport vositalariga berilgan muvofiqlik sertifikatlarini tan olish, shuningdek, «JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ KQ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yuk tashuvchi avtotransport vositalarining(samosvallar)turini tasdiqlashmasalalari ko‘tarildi.

Muhokama natijasida, Qozog‘iston Respublikasi texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya Qo‘mitasining raisi o‘rinbosari “JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ KQ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yuk tashuvchi avtotransport vositalarining (samosvallar) turini tasdiqlash hujjati (3 yilga) taqdim qilindi, bu o‘z navbatida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)bozoriga chiqish imkonini yaratadi.

“JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ KQning murojjatlariga asosan avtotransport vositalari turini tasdiqlash masalalarini jadallashtirish va o‘z vaqtida rasmiylashtirishmaqsadida, Qozog‘iston vakkilari tomonidan YeOIIning yagona reyestriga kiritilgan akkreditatlangan sertifikatlashtirish organlar (SO) va sinov laboratoriyalari (SL) ro‘yxati taqdim qilindi, hamda O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan sinov poligonida sinovlarnio‘tkazish taklifi berildi.


Uchrashuv davomida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashini ishini rivojlantirish masalalari, hamda 2012 yil 21 dekabrdagi “O‘zstandart” agentligi hamda Qozog‘iston Respublikasi texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya Qo‘mitasi o‘rtasidagi standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash Memorandumi miqyosida istiqboldagi masalalar, jumladan muvofiqlikni baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatishga kelishildi. 
Qo‘shimcha ravishda, 2016 yil 13 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi “Milliy akkreditatlash markazi” vakillari bilan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

  • Qozog‘iston Respublikasida amaldagi akkreditatsiya tizimi;
  • ILAC va IAF halqaro akkreditatsiya tashkilotlarga a’zo bo‘lishda Qozog‘iston Respublikasining tajribasi;
  • Qozog‘iston Respublikasi “Milliy akkreditatlash markazi” tomonidan O‘zbekiston Respublikasining muvofiqlikni baxolash organlarini akkreditatsiyalash tartibi.

Uchrashuv davomida, tomonlar akkreditatsiya masalalarida xamkorlik qilish va shu yo‘nalishda birgalikda ishlarni davom ettirishni istak bildirishdi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida tegishli Bayonlar rasmiylashtirildi va imzolandi.