O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari uchrashuvlari rasmiy delegatsiyalar ishtirokida davom ettirildi. 

Xalqlarimiz o‘rtasida tarixan shakllangan qardoshlik va ahil qo‘shnichilik munosabatlarini yuksak qadrlaymiz. Aynan mana shu munosabatlar davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Almazbek Atamboyev Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan qutlab, bu davlatlarimiz o‘rtasida oliy darajadagi muloqotlarning mantiqiy davomi, tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama etish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi. 

Muzokaralarda o‘zaro va ko‘p tomonlama munosabatlarga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida fikr almashildi.