“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan, navbatdagi Sayyor uchrashuvi Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvga nafaqat Ohangaron shahridan balki Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar taklif etildi.

Sayyor uchrashuvida “O‘zstandart” agentligi Respublika Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori o‘rinbosari Faxriddin Samatov ishtirok etdi.

F.Samatov yig‘ilish avvalida so‘zga chiqib, hozirgi kunda “O‘zstandart” agentligi faoliyatida amalga oshirib kelinayotgan o‘ziga xos islohotlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng uchrashuv ishtirokchilari bilan ochiq muloqot shaklidagi suhbat tashkil etilib, barcha savollarga javob qaytarildi.