O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan «Muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan, “O‘zbekakkreditatsiya” davlat korxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi ekinlari ulug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi (“O‘zdavurug‘nazoratmarkaz”) huzuridagi mahsulotlarni sertifikat-lashtirish organi va sinov laboratoriyasi faoliyati ustidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq inspeksiya nazorati o‘tkazildi. 

O‘tkazilgan inspeksiya nazoratida “O‘zdavurug‘nazoratmarkaz” xuzuridagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi va sinov laboratoriyasida bir qator nomuvofiqliklar aniqlandi va ular bo‘yicha nomuvofiqlik bayonnomalari rasmiylashtirildi. 

O‘tkazilgan inspeksiya nazorati natijalari va Akkreditatsiya Kengashi tavsiyasiga asosan, yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi va sinov laboratoriyasining akkreditatsiya guvohnomalari 2018 yilning 5 fevralidan e’tiboran 10 ish kuniga to‘xtatildi.