“O‘zstandart” agentligining tashabbusi va sayi-harakati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari Qo‘mitasi deputatlari bilan manfaatli va har ikki tomon uchun foydali bo‘lgan kelishuvga erishdi.
Uchrashuv davomida “O‘zstandart” agentligi tomonidan deputatlarga Respublikamizda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarini yanada rivojlantirishning kelgusidagi istiqbollari yuzasidan olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida tahliliy axborot va rejalari taqdim etildi.
E’tiborli jihati shundaki, mazkur yig‘ilishda xalqaro standartlarni qabul qilish, sinov laboratoriyalarini halqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazish, ISO 9001, 14001, 22001 va boshqa halqaro talablar asosida sifatni boshqarish tizimlarini keng joriy etish va sertifikatlashtirish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi tomonidan mahalliy eksport bilan shug‘ullanayotgan korxonalar uchun yaratilayotgan qulayliklar va bu yo‘nalishdagi mavjud muammolari ham atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tizimni halqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish, va moslashtirish maqsadida qonunchilikka tegishli tartibda kiritilishi lozim bo‘lgan masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilish natijasiga ko‘ra, Respublikamizda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarini rivojlantirish va bu boradagi ma’lumotlarni birgalikda tayyorlash bo‘yicha kelishib olindi.