“O’zstandart” agentligining Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan navbatdagi Sayyor uchrashuvi Jizzax viloyatining G’allaorol tumanida tashkil etildi.

“O’zstandart” agentligi rahbariyatining 2018 yil 1-yarim yillikda O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Maxkamasining tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash, sohaga oid masalalarda jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha 2018 yil 27 fevral kuni G’allaorol tumanida “Sayyor qabul” o‘tkazildi.

Sayyor uchrashuvi G’allaorol tumani xokimligi bilan xamkorlikda tashkil etilib unga tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslar taklif etildi. Yig‘ilishda “O’zstandart” agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari J.N.Shukurov va Bosh direktorning Matbuot xizmati rahbari A.Rasulov,  Kichik beznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini eksportini qullab-quvatlash jamg‘armasining  Jizzax viloyati bo‘limi boshlig‘i N.Asadov, G’allaorol tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A.Islomov, Jizzax standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i M.Bekmirzaev, Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi   davlat korxonasi deriktori T.Abdunazarov ishtirok etdilar.

Sayyor qabulni G’allaorol tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A.Islomov ochib berdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan “O’zstandart” agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari J.Shukurov so‘zga chiqib, agentlikning ustivor yo‘nalishlari va muhim faoliyati, o‘tkazilayotgan  sayyor qabulning maqsadi, va  boshqa bir qator  masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng,  Kichik beznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini eksportini qo‘llab-quvatlash jamg‘armasining Jizzax viloyati bo‘limi boshlig‘i N.Asadov, Jizzax standartlashtirish va metrologiya  boshqarmasi boshlig‘i M.Bekmirzaev, Jizzax sinov va sertifikatlashtirish markazi  davlat korxonasi deriktori T.Abdunazarovlar so‘zga chiqib, uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, korxona va tashkilotlar bilan qay tarzda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishning avfzalliklari kabi masalalri yuzasidan keng ma’lumotlarni berish bilan birga, tadbirkorlarning ko‘plab savollariga javob berdilar.Ushbu semimnar tavfsilotlari viloyat teleradiokampanyasi va “O’zbekiston 24” telekanali va boshqa gazetalari orqali keng targ‘ib qilindi.