O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi PQ-3514-sonli qarorida belgilab berilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Dastur bo‘yicha mustaqil yurtimizning go‘zal bayramlaridan biri yasharish va yangilanish Navro‘z bayrami munosabati bilan joriy yilning 22 mart kuni boshqarma xodimlari viloyatimizning qadimiy shaharlaridan biri bo‘lmish Shahrisabz shahriga sayohat qilishdi. Sayyohat dasturi 1 kundan iborat bo‘lishiga qaramasdan boshqarma xodimlari Shahrisabz shahrining diqqatga sazovor joylariga borishdi. Jumladan, Oqsaroy majmuasi, Ko‘kgumbaz jome’ masjidi, “Amir Temur” nomli moddiy madaniyat tarixi muzeyi, Chorsu bozori kabi tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, sohada 20 yil davomida samarali faoliyat olib borgan, ko‘plab shogirdlarni tarbiyalagan, soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan, hozirgi kunda nafaqa gashtini turmush o‘rtog‘i, farzandlari va nabiralari qurshovida o‘tkazayotgan boshqarma xodimi Avlayev Farxod Murtazayevichni xonadonlariga tashrif buyurib, bayram munosabati bilan tabrikladilar.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish