“O'zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan “2018 yil I-yarim yillikda viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli” ga asosan “O'zstandart” agentligi “O'zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” davlat korxonasi direktori A.A.Daminovning Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslar bilan navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvga Kitob tuman hokimligi, Qashqadaryo SMB boshlig'i va xodimlari, “Qashqadaryo SSM” DK direktori va bo'lim boshliqlari, Kitob tuman DSI vakili, Kitob tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, qo'shma korxonalar vakillari, kichik va o'rta biznes sub'ektlari, QFY va MFY vakillari, jismoniy shaxslar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.

Tadbirni Kitob tumani xokimi R.S.Sagdullaev ochib berdi. 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash” yilida yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyozlar bugungi kunda tadbirkorlikni rivojlanishi, yangi korxonalar yaratilishi hamda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar turlari va raqobatning o'sishiga olib kelayotganligini ta'kidlab o'tdi.

Shundan so'ng, “O'zstandart” agentligi “O'zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” direktori A.A.Daminovga so'z navbati berildi. A.Daminov shu kabi sayyor uchrashuvlar Respublikaning barcha shahar va tumanlarida o'tkazilib kelinayotganligini ta'kidlab, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan fuqarolarning davlat idoralariga murojaat qilishi, maqsad-muddaolarini amalga oshirilishini ta'minlaydigan tizim yaratilayotganligi, 2018 yil - “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” deb e'lon qilingani, Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida” gi Farmoni qabul qilingani, mahalliy xokimliklarda “xalq qabulxonalari”, vazirlik va idoralarda virtual qabulxonalar tashkil etilgani ana shu maqsadga xizmat qilayotganligini gapirib o'tdi.

Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish, eksportda fermer xo'jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishtirokini xar tomonlama rag'batlantirish yo'nalishida Xukumatimiz tomonidan keng qamrovli ishlar olib borilayotganligi hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan “yagona oyna”, “onlayn xujjatlarni kabul qilish” tizimlari, vazirlik va idoralarda o'rnatilgan ishonch telefonlari biznesni rivojlantirishga, texnik to'siqlarni bartaraf etishga qaratilganligini ta'kidlab o'tdi.

Shundan keyin sayyor qabul uchrashuvi qatnashchilariga Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda “Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi faoliyati, ular tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar to'g'risidagi video-lavha namoyish etildi. Tadbirda ishtirok etgan Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig'i D.Rizaev, “Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori U.Amirkulovlar bugungi kunda standartlashtarish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida tadbirkorlar, jismoniy va yuridek shaxslarga yaratilgan shart - sharoitlar va bajarilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumotlar berib o'tishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o'zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar. Tadbir so'ngida esa bu kabi uchrashuvlarni kelgusida ham tashkillashtirishga kelishib olindi.