“O’zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan navbatdagi uchrashuvda “Respublikamizda yagona o‘lchashlar birliligini ta’minlash va halqaro aloqalarni kengaytirish istiqbollari” mavzusi yuzasidan jurnalistlarga batavfsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Metrologiya sohasidagi yagona davlat siyosati o‘lchovlarning yagona birliligini ta’minlash tizimi asosida amalga oshiriladi. Ushbu tizim “Metrologiya to‘g‘risidagi”gi qonunning 12-moddasiga asosan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati mexanizmalari asosida ish olib boradi.

Davlatmetrologiya tekshiruvi   “O’zstandart” agentlikning quyidagi tizim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi:

  • “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi (O’zMMI);
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi sinov va sertifikatlashtirish markazlari  metrologiya bo‘linmalari (jami 16 ta).

Hozirgi kunda “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi ko‘p tarmoqli, texnik jihatdan jihozlangan, zamonaviy me’yoriy va uslubiy hujjatlar bilan ta’minlangan, 15 ta o‘lchash turlari bo‘yicha o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatsiya qilish ishlarini 24 ta laboratoriyalardan tashkil topgan 7 ta bo‘lim, 1 ta sertifikatlashtirish idorasidan iboratdir.

Institut laboratoriyalarida yuqori aniqlikdagi o‘lchash va sinash vositalaridan foydalaniladi (Laboratoriyalarda jami 155 dona yuqori aniqlikdagi birlamchi va 679 dona na’munaviy o‘lchash vositalari mavjud).

“O’zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasida jami 195 nafar malakali xodim faoliyat yuritadi, shundan 68 nafari davlat qiyoslovchisi va 7 nafari metrologiya soxasi buyicha tan olingan ekspert auditorlardir.

Bu xodimlarni bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida muntazam ravishda maxalliy va xorijiy ilg‘or milliy metrologiya institutlarida o‘qishlarda va malaka oshirish kurslarida ishtirok etish tizimi yulga ko‘yilgan. Jumladan joriy yilda 20 tadan ortik xodimlar Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot institutida va 5 xodim Belarus respublikasi milliy metrologiya institutida malaka oshirib kelishdi. Shuningdek Germaniyaning (RTV), hamda Turkiyaning (TÜBİTAK UME) tashkilotlari bilan hamkorlik memarandumlari imzolandi.

“O’zbekiston milliy metrologiya instituti” Davlat korxonasida 10 ta milliy boshlang‘ich etalonlari mavjud, bu esa respublikadagi 700 dan ortiq yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini qiyoslash (kalibrlash) imkonini beradi:

2018 yilda – 6 ta etalon, 2019 yilda 4 ta etalon, 2020 yilda 3 ta etalon va 2021 yilda esa 2 ta etaldon xarid qilinishi belgilangan.  Buning natijasida mavjud etalonlar soni 24 taga yetkazilib, respublikadagi 2500 dan ortiq yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini chet elga yubormasdan o‘zimizda metrologik tekshiruvdan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. 2018-2019 yillarda 43 ta etalonlar kalibrlash (solishtirish) dan o‘tkaziladi.

Respublikada o‘tkazilgan o‘lchashlar natijasini Halqaro darajada tan olinishiga erishish maqsadida Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar qo‘mitasining o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuvi (CIPM MRA) ga asos solindi. Bunda har bir davlatlarning o‘lchash imkoniyatlari maxsus jadvallarga joylanadi va ushbu jadval Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosining rasmiy saytida (www.bipm.org) e’lon qilib boriladi.

Ma’lumki, mahsulotning sifat nazorati o‘lchash va sinash asosida amalga oshiriladi. Har bir o‘lchashlar va sinovlar natijalari esa davlatlararo tan olinishga ehtiyoj sezadi.

O’zbekistonning Metrik konventsiyaga qo‘shilishi davlatlararo integratsiyalashuvni ta’minlashga, xalqaro savdo jarayonlarida talab etiladigan mahsulotlarni sinash va o‘lchash natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishiga zamin yaratib beradi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda “O’zstandart” agentligining 2018 yilda metrlogiya bo‘yicha xalqaro Metrik konventsiyaga (1875 yil 20 may kuni Parijda tuzilgan) qo‘shilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib,Metrik konventsiyasiga a’zo bo‘lishni o‘rganish  natijalari bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Qaror loyixasi kiritildi.

Bugungi kunda “O’zstandart” agentligi “O’zMMI” DK quyidagi xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi:

  • Qonunlashtiruvchi metrologiya sohasidagi xalqaro tashkilot (OIML) – muxbir a’zolik;
  • Yevroosiyo davlatlari metrologik muassasalarining hamkorligi tashkiloti (COOMET) – haqiqiy a’zo;
  • Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlari kegashi (MGS) – haqiqiy a’zosi hisoblanadi.

 Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchrashuv so‘nggida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.