Joriy yilning 9 aprel kuni “O‘zstandart” agentligida Afg‘oniston standartlashtirish milliy idorasi bosh direktorining doktor Naqibullox Faiq boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda standartlashtirish va muvofiqlikni baholash soxalarida o‘zaro ishchi guruxini shakllantirish, muvofiqlikni baxolash soxasida qo‘shma laboratoriyalar ochish, soxa yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash, treyninglar tashkil etish va eksport saloxiyatlarini oshirish kabi yangi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori A.Karimov, mamlakatimizda eksport soxasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilyapganligi, Afg‘oniston esa O‘zbekiston uchun yaqin va katta bozorligi, Respublikamizning rivojlangan standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baxolash salohiyati Afg‘oniston uchun manfaatli ekanligini aytib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, ushbu loyihalar nafaqat standartlashtirish va muvofiqlikni baxolash sohasida, balki boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlikning kengayishiga xizmat qiladi.
Muzokaralarning mantiqiy davomi sifatida ikki idora o‘rtasida standartlashtirish va muvofiqlini baxolashni rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan strategik hamkorlik dasturi imzolashga kelishib olindi.
Davra suxbati do‘stona va ishchanlik ruxida o‘tdi.
Shundan so‘ng Afg‘oniston delegatsiyasi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi va “O‘zMMI” DK qoshidagi sinov laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Afg‘oniston standartlashtirish milliy idorasi bosh direktori Naqibullox Faiq “O‘zstandart” agentligi raxbariyatiga afg‘on delegatsiyasiga ko‘rsatilgan iliq va do‘stona qabul uchun minnatdorchilik bildirdi.