Bir kuni Hazrati Abduxoliq G‘ijdivoniyga savol berdilar: “Dilning farog‘ati nimadan hosil bo‘lur?” Hoja buyurdilarki, dilning farog‘ati - uning tasfiti - ya’ni pokligidadur. Agar ul dilga dunyo molidan zarraye tama’ bo‘lmasa, dil farog‘atda bo‘lur.
Ma’rifatli bobomizning o‘gitlaridan shuni anglash mumkinki, insonning ma’naviyati, va kamoloti faqatgina ko‘ngil pokligi va uni ma’rifat nurlari bilan oziqlantirish orqaligina amalga oshirilar ekan.
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan, haftaning juma kunlari “Ma’naviyat soati” tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi uchrashuvga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining tajribali diktori Muslimbek Yo‘ldoshev taklif etildi.
Ma’naviyat soatida M.Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, boshqa sohalar qatori “O‘zstandart” agentligi tizimidagi islohotlardan yaxshi xabardor ekanligini aytib, bunday uchrashuvlarni tashkil etilgani xodimlar orasida, umuman ish jarayonida ijodiy va ijobiy muhitning yaxshilanishiga olib kelishini ta’kidladi.
Xalqimiz ardog‘idagi tajribali suxandon M.Yo‘ldoshev xodimlarga o‘zining diktorlik faoliyati va so‘nggi yillarda yaratilgan she’rlari hamda o‘ngga yaqin yozgan kitoblari haqida gapirib berdi.
Uchrashuv davomida “O‘zstandart” agentligi xodimlari M.Yo‘ldoshevdan she’rlar tinglash bilan birga o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga javob oldilar.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish