Mamlakatimizda texnik reglamentlar Yevropa hamjamiyati, Yevroosiyo iqtisodiy kengashining Bojxona ittifoqi, hamda MDX davlatlari texnik reglamentlari, shuningdek halqaro standartlar talablarining O‘zbekiston uchun eng maqbullari asosida ishlab chiqilmoqda.
2018 yilning o‘tgan davri mobaynida agentlikda mavjud 21 895 ta me’yoriy hujjatlardan 3 630 tasi (16,6 %) xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirildi.
Tadbirkorlarga eksportda qulayliklar yaratish maqsadida Birlashgan millatlar tashkiloti Yevropa ittifoqi komissiyasining oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari bo‘yicha 77 ta xalqaro standartlari, Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining (FAO/VOZ) “Kodeks Alimentarius” 27 ta me’yorlari, “Global G.A.P” standarti, “Xalol” turkumidagi 5 ta standart, Organik sertifikatlashtirish bo‘yicha 4 ta standart qabul qilindi.
Bojxona Ittifoqida amalda bo‘lgan 52 ta texnik reglamentdan 25 tasi O‘zbekistonda tasdiqlangan texnik reglamentlar bilan uyg‘unlashgan.
Xalqaro xamkorlik doirasida “Rosstandart” bilan kelishuv asosida o‘tgan 2017 yilda 264 dona Rossiya Federatsiyasi milliy standartlari davlat ro‘yxatiga kiritildi. O‘tgan yillar mobaynida 594 ta davlatlararo standartlar (GOST), 647 ta xalqaro ISO standartlari Respublikamiz hududida joriy etildi.
Standartlarning xatlovi o‘tkazilib, ma’nan eskirgan, bozor iqtisodiyoti talablariga mos bo‘lmagan 556 ta standart bekor qilindi.