2018 yil 26 iyun kuni Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi majlislar zalida viloyatdagi yirik eksportyor korxonalar o‘rtasida davra suhbatlari tashkil qilindi.

Davra suxbati asosan xukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan qonun  va qonun osti xujjatlarda eksportyor korxonalarga imtiyozlar berilishi to‘g‘risida, korxonalarda raqobatbardosh maxsulotlar ishlab chiqarish xamda eksport qilishni yo‘lga qo‘yishda xalqaro standartlarni joriy etish, eksport qilishda “O’zstandart” agentligining xududiy tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Davlat Bojxona Qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari  - Asamov Anvar Damirovich. Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i – Xabibov Rustam Izatullaevich, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasidan - Saidov Abdusobir Abduraxmonovich, Farg‘ona viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i - Karimov Baxodir Abdusamatovich, Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i – Xasanov Xojiboy Shamsiddinovich, Farg‘ona viloyati hokimiyati bosh mutaxassisi -Xoldarov Xusanboy Muxammadjonovich, Markaziy bankning Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi valyuta nazorati bo‘limi boshlig‘i - Ismoilov Ulug‘bek Soxibjonovich, “Tovar xom-ashyo birjasi” AJ Farg‘ona filiali direktori - Qosimov Erkinxon Qaxramonxon o‘g‘li, “Qo‘qon” EIZ direktsiyasi xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish sho‘‘basi boshlig‘i - Mamatov Soxibjon Solievich, “Qo‘qon” mintaqaviy temir yo‘l uzeli Yuk va tijorat bo‘limi yetakchi muhandisi - Islomov Avazxon Inomovich, Farg‘ona viloyati o‘simliklar karantini xududiy inspektsiyasi xodimi - G’afurov Abdumutal Komilovich, Farg‘ona viloyati ekologiya va atrof muxitni muxofaza qilish boshqarmasi xodimi- Irgashev Dilmurod Zokirovich, Farg‘ona standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi davlat inspektori yetakchi mutaxassisi S.Niyozovlar ishtirok etdilar.

Axborot xizmati