Toshkent shahari dexqon bozorlarida 2330 dona tarozilarga ehtiyoj mavjud va achinarli tomoni 998 dona elektron tarozilar “O‘zstandart” ko‘rigidan o‘tkazilmasdan ishlatilmoqda.
“O‘zstandart” agentligi avval ham dehqon bozorlarida ishlatilayotgan tosh va tarozilarning holati talabga javob bermasligi va bu jarayon iste’molchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani haqida bir necha bor bong o‘rgan.
Hozirgi kunda dehqon bozorlarda jami 2901 dona tarozilardan foydalanilmokda (shundan 1903 dona dexqon bozorlari hisobidagi va 998 dona sotuvchilarning xususiy tarozilari). Yetishmaydigan tarozilar soni 2330 donani tashkil etmokda.
«O‘zstandart» agentligining tashabbusi va ikki tomonlama rejaga asosan, poytaxtimiz hududidagi 13 ta bozorlarni 964 dona zamonaviy elektron tarozilar bilan ta’minlash belgilangan bo‘lsada, ming afsuski hozirgi kungacha 550 dona xarid qilinganligi yoki reja bor yo‘g‘i 57 foizga bajarilganligini qanday izohlash mumkin.
Muammo muammoni keltirib chiqaradi deganlaridek, Toshkent shahri dehkon bozorlarlari ma’muriyati sotuvchilarni tarozilar bilan ta’minlab bermagani oqibatida ular davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazmasdan o‘zlarining shaxsiy tarozilardan foydalanishlariga majbur bo‘lmoqdalar.
Jumladan, Aviasozlar bozorida 89 dona, Askiya bozorida 33 dona, Chilonzor dehqon bozoida 41 dona, Navruz bozorida 105 dona, Oloy bozorida 29 dona, Sirgali dehqon bozorida 87 dona, Farxod bozorida esa 237 dona, Eski juva 141 dona, Yunusobod 81 dona, Qo‘ylik; 123 dona, Qora-qamish 32 dona Jami 998 dona tarozilar “O‘zstandart” qiyoslovidan o‘tkazilmagan.

Axborot xizmati