Аvval xabar qilganimizdek, tadbirkorlar “O’zstandart” agentligiga emas, aksincha “O’zstandart” tadbirkorlar huzuriga borib, ular bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o’tkazishga bel bog’ladi va shu yo’sindagi ilk uchrashuv “TAKRO-OSIYO" MChJ bilan bo’lib o’tdi.

"TAKRO-OSIYO" MChJ bolalar kiyimlarini ishlab chiqarishga ihtisoslashgan bo’lib, korxona rahbari bilan suhbat jarayonida, mahsulotlarini boshqa davlatlarga eksport qilishda qiyinchiliklar mavjudligi va ularni hal etish bo’yicha taklif va mulohazalari olindi. 

Uchrashuv davomida tadbirkor o’z faoliyatini yanada kengaytirishi uchun “O’zstandart” agentligi ko’magida “Organik-sertifikat”ga ega bo’lsa, korxonaning eksport geografiyasi kengayshi, va o’z mahsulotini Аngliyaga eksport qilish imkoni bo’lishini ma'lum qildi.

“O’zstandart” agentligi bosh direktori "TAKRO-OSIYO" MChJ tomonidan bildirilgan takliflarni imkon qadar qisqa muddatlarda amalga oshirish yuzasidan ma'sul xodimlarga  ko’rsatma  berib, ijrosini  qat'iy nazoratga olinishini aytdi.

Kelgusida, "TAKRO-OSIYO" MChJning takliflari bo’yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida qo’shimcha ma'lumot beriladi.

Hurmatli tadbirkorlar Sizda “O’zstandart” agentligi rahbariyati bilan yuzma-yuz suxbatlashish istagi bo’lsa ushbu havola orqali so’ralgan ma'lumotlarni (telefon raqami, manzil va h.k) kiriting va biz albatta Siz bilan bog’lanib, tashrif buyuramiz!