9-11 oktyabr kunlari Toshkentda Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE), “O‘zatom” agentligi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasining missiyasi, Rossiya "Rosatom" davlat korporatsiyasining birgalikdagi seminari bo‘lib o‘tdi, va “O‘zstandart" agentligi “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti" DK xodimlari hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillari ushbu seminarda ishtirok etdi.
Seminar davomida loyihani rejalashtirish va uchta omil – loyihaning texnologikligi, ishlar narxi va ishlar xavfsizligi asosida pudratchini tanlashga doir xalqaro tajribani puxta o‘rganish masalalarida to‘xtalib o‘tildi.
Respublikadagi, jamlangan quvvati 2,4 GVt bo‘lgan birinchi atom elektrostansiyasi Navoiy viloyatida To‘dako‘l ko‘liga yaqin joyda barpo etiladi. Tanlangan texnologiyalar ishonchlilik, xavfsizlik, ekologiyaga muvofiqlikni ta’minlaydi va zamonaviy talablarga javob beradi. Loyihaning ishlab chiqilishida Fukusimadan keyingi hodisalar bo‘yicha MAGATE tavsiyalari ham e’tiborga olindi. Bundan tashqari, hozirgi kunda "3+" avlod reaktorlari va AES faqat Rossiyada mavjud", — deb tushuntirishdi, respublikaga tinchlik maqsadlarida yadroviy energetikani rivojlantirishni boshlayotgan mamlakatlar uchun qoida va protseduralarni tushuntirish missiyasi bilan tashrif buyurgan mutaxassislar.
Ishtirokchilarning chiqish so‘zlari O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirish rejalari, istiqbollari va afzalliklariga, O‘zbekiston tomonidan mamlakatdagi birinchi AES qurilishi uchun tanlangan "3+" avlod VVER-1200 zamonaviy Rossiya yadroviy texnologiyalariga, sanoat, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan atom tarmog‘i texnologiyalariga, atom tarmog‘ida ishlash uchun mutaxassislarni o‘qitish va xodimlarni tayyorlashga, atom energetikasining afzalliklari to‘g‘risida keng jamoa xabardorligini ta’minlashga  bag‘ishlandi.
Bundan tashqari, ushbu uchrashuvda “O‘zstandart" agentligi va MAGATEning 2018-2019 yillar uchun mo‘ljallangan UZB6015 “O‘zbekiston Respublikasi ikkilamchi etalonlari dozimetriya laboratoriyasini yaratish” (Establishing the Secondary Standards Dosimetry Laboratory) texnik hamkorlik loyihasiga doir masalalar muhokama qilindi.
Ko‘rsatilgan loyiha doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti dozimetriya laboratoriyasining rentgen va gamma nurlanish etalonlari bilan jihozlanishi, shuningdek mutaxassislarning malakasini oshirish, ularni o‘qitish (amaliyot o‘tash) va xorijiy mamlakatlarning yetakchi metrologiya muassasalarida ilmiy seminarlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Loyihani amalga oshirish natijasida atom energetikasi, foydali qazilmalarni qazib olish, mehnat va sog‘liqni saqlash xavfsizligi va muhofazasi sohalarida foydalaniladigan ionlovchi nurlanish o‘lchash uskunalari va vositalarini qiyoslash va kalibrlash yangi usullari o‘zlashtiriladi.

Axborot xizmati