Xalqaro standartlashtirish kuni munosabati bilan «Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi» hamda Andijon mashinasozlik institutining «Standartlashtirish, metrologiya va sifat tizimlari» kafedrasi hamkorligida «Xalqaro standartlar va mashinasozlik sanoatining rivojlanishi» mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Ushbu ilmiy-amaliy seminarda viloyatdagi ishlab chiqarish va eksportyor korxonalarning vakillari, Andijon mashinasozlik institutining soha yo‘nalishidagi kafedrasining o‘qituvchilari va talabalari, magistrantlari, mahalliy ommaviy axborot vositalarining vakillari va Andijon standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda «Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasi mutaxassislari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti – bu butun jahon mamlakatlari uchun umumiy bo‘lgan (xalqaro) standartlarni ishlab chiqish hamda standartlashtirish sohasida jahon miqyosida hamkorlik qilish bilan shug‘ullanadigan tashkilot bo‘lib, 1947 yili Jeneva shahrida tashkil qilingan. ISO tarkibiga kiruvchi milliy standartlashtirish tashkilotlar a’zolari soni 162 tani tashkil etib, «O‘zstandart» agentligi Xalqaro standartlashtirish tashkilotiga 1994 yili a’zo bo‘lganligi xaqida aytib o‘tildi.
O‘tkazilgan seminar davomida markaz va boshqarma mutaxassislari, institutning professor o‘qituvchilari hamda talabalarining seminar mavzusi yuzasidan taqdimot shaklidagi ma’ruzalari eshitildi.