Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish va tadbirkorlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida 1102 ta tashkilotning standartlari o‘rniga 24 ta yagona talablarni belgilovchi davlat standartlari ishlab chiqildi.

Shuningdek, Agentlik tomonidan mahsulotning xavfsizlik talablarini belgilovchi 7 ta (moylar, liftlar, gazda ishlaydigan uskunalar, veterinariya dori vositalari, avtomobil va avia yoqilg‘i, portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlovchi uskunalar, go‘sht) umumiy texnik reglamentlar, shuningdek, 1 ta (gaz to‘ldirish kompressorlari) maxsus reglament qabul qilinib, ularning umumiy soni 39 taga yetkazildi. Buning natijasida, respublikamizda 1 600 ta standartlarni qo‘llash ixtiyorilikka o‘tkazildi.