Respublikamizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini “GLOBAL GAP” standarti talablari asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, sifat tizimlarini joriy qilish va sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish, xorijiy sarmoyalarni mamlakatimizga keng jalb etish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan joriy yilning 21-23 noyabr kunlari Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot institutida xalqaro o‘quv seminari o‘tkaziladi.

Nazariy va amaliy o‘quv jarayonlari Germaniya Federativ Respublikasining tajribali ekspertlari fondi mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

Seminar ishini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida, “GLOBAL GAP” va xalqaro standartlarini joriy etishga qiziqish bildirgan istiqbolga ega bo‘lgan fermer ho‘jaligi vakillari, ishlab chiqarish korxonalari, vazirlik hamda idoralarning xodimlari ishtirok etadilar.

Axborot xizmati