Andijon viloyatida xalqaro standart ISO 50001:2015 talablari asosida joriy qilingan energiya samaradorligi tizimini sertifikatlashtirgan eksportyor korxonalar soni yana bittaga kengayadigan bo‘ldi.

Joriy yilning 27 noyabr kuni “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tomonidan viloyatdagi “Uz DongJu Peynt Ko” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasi rahbariyatiga muvofiqlik sertifikati taqdim qilindi.

Albatta, bunday e’tibor korxonada sifatli mahsulot ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi.

Axborot xizmati