Respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining xalqaro me’yor talablariga javob berishi, hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va dunyo bozorlariga eksport qilish shu bilan bir qatorda uning raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi qoshidagi “Fizik-kimyoviy” sinov laboratoriyasi “TURKAK” xalqaro akkreditatsiya idorasi tomonidan xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Endilikda mazkur laboratoriyada barcha turdagi meva-sabzavot, qishloq xo‘jaligi va ziravor mahsulotlarni sinash bo‘yicha 7-ta xalqaro sinov usullari joriy etiladigan bo‘ldi.
1. ISO 750 - Meva va sabzavotlarni qayta ishlash-Titrlash kislotasini aniqlash
2. ISO 1842 - Meva va sabzavotlar –rNni aniqlash
3. ISO 2173 - Meva va sabzavot mahsulotlari-eruvchan qattiq moddalarini aniqlash
4. ISO 763 - Meva va sabzavotlarni qayta ishlash -tuzli kislotada erimaydigan kulni aniqlash
5. ISO 927 - Ziroatlar va zirovarlar-Begona modda va aralashmalarni aniqlash
6. ISO 928- Ziroatlar va zirovarlar - Umumiy kulni aniqlash
7. ISO 930 - Ziroatlar va zirovarlar-Solyaniy kislotada erimaydigan kulni aniqlash.