“O‘zstandart” agentligining bir guruh xodimlari joriy yilning 18-21 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi Elchixonasi bilan birgalikda Jakarta shahrida Turizmni rivojlantrish davlat qo‘mitasi, va O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi maqomini olgan Gunadarma Universiteti rektori Margiantixonim, Indoneziya Milliy Standartlashtirish tashkiloti (IMST) va Indoneziya Ulamolar Kengashining Halol sertifikatlashtirish agentligi vakillari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvlarda Indoneziya Milliy Standartlashtirish tashkiloti bosh direktori professor, doktor Bambang Prasetya o‘zining dil so‘zlarini quydagicha bildirdi:

“Hozirgi kunda O‘zbekiston Indoneziya uchun an’anaviy bozor emas, biroq kelajakda bizning ishbilarmonlar uchun bu davlat bozori istiqbolga egadir. “O‘zstandart” agentligi bilan Xalqaro standartlashtirish tashkilotida standartlarni ishlab chiqish masalarida hamkorlik olib bormoqdamiz. Ziyorat turizmi sohasida xalqaro standartlarni joriy etish ko‘plab Indoneziyaliklar uchun qulaylik yaratadi.

Yurtingizni boy ma’naviy me’rosi va qadimiy shaharlaringiz hamisha bizni o‘ziga maftun etadi. O‘zbekiston biz uchun Indoneziyani O‘rta Osiyo bilan bog‘lovchi o‘ziga xos do‘stona ko‘prigi bo‘ladi"