2019 yil 5 fevraldan 7 fevralgacha Germaniya Federativ Respublikasining Braunshveyg shahrida Davlat metrologiya muassasalarining Yevro-osiyo hamkorligi (KOOMET) doirasida Germaniya Federativ fizika-texnika instituti (PTB) tomonidan tashkil qilingan “ISO/IEC 17025 xalqaro standarti yangi versiyasining yangilangan talablarini MMI/MI sifat menejmenti tizimiga joriy etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro anjumanda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti bosh mutaxassisi Marat Yunusov ishtirok etdi.
 

Seminarda PTB trenerlari guruhi ISO/IEC 17025 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalarining layoqatliligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” xalqaro standartining versiyalari o‘rtasidagi asosiy farqlarni ta’kidladi. Milliy metrologiya institutlari va KOOMET ishtirokchi-davlatlarining tayinlangan institutlari vakillari fikr almashib, standartning yangi versiyasini joriy etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.